VATANGA MUHABBAT TUYG‘USINI RIVOJLANTIRISHDA “BАHОR” TАSVIRIDAN FOYDALANISH USULLARI

Authors

  • Abdujabbarova Feruza Abdunazarovna Oriental Univeriseti filologiya fanlari nomzodi, dotsent feruzaabdujabbarova@yandex.com Author
  • Muxammadjonova Nozima Isroiljon qizi Oriental Univeriseti 5-kurs talabasi Author

Keywords:

Vatanga muhabbat, bahor tasviri, estetik tarbiya, vatanparvarlik tarbiyasi, tasviriy san’at, hissiy-idrok, ijodiy faoliyat, pedagogik usullar.

Abstract

Mazkur maqolada Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish va rivojlantirishda “bahor” tasvirining tarbiyaviy-pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Unda bahor faslining tabiat uyg‘onishi, yangilanish va hayotbaxshlik ramzi sifatida o‘quvchilarning hissiy-estetik idrokiga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, bahor manzaralaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda Vatan tabiatiga mehr, milliy qadriyatlarni anglash va estetik didni rivojlantirishga qaratilgan metodik usullar bayon etiladi. Maqolada kuzatish, suhbat, ijodiy faoliyat va fanlararo integratsiya asosida olib boriladigan pedagogik yondashuvlarning samaradorligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari tarbiya va tasviriy san’at mashg‘ulotlarida Vatanga muhabbat tuyg‘usini kuchaytirishga xizmat qiladi.

References

1. Abdulla Oripov. (2016). Tanlangan asarlar. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot.

2. Cho‘lpon. (2019). Asarlar to‘plami. Toshkent: Yangi asr avlodi.

3. Furqat. (2018). She’rlar va publitsistik asarlar. Toshkent: Mumtoz so‘z.

4. Hamid Olimjon. (2017). Tanlangan asarlar. Toshkent: Sharq.

5. Karimova, S. (2020). Tarbiya fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish. Pedagogik ta’lim, 4(2), 45–52.

6. Qodirova, D. (2021). Estetik tarbiya va badiiy tafakkur rivoji. Ta’lim va tarbiya, 3(1), 33–39.

7. Saidov, A. (2019). Vatanparvarlik tarbiyasining pedagogik asoslari. Toshkent: O‘qituvchi.

8. UNESCO. (2017). Education for Sustainable Development Goals: Learning Objectives. Paris: UNESCO Publishing.

Downloads

Published

2026-01-01