AHMAD A’ZAMNING “SOYASINI YOʻQOTGAN ODAM” HIKOYASINING ASOSIY MAVZU KO‘LAMI VA BADIIY-FALSAFIY QATLAMLAR

Authors

  • Mehriniso Shomurodova Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti II kurs magistranti Author

Keywords:

Ahmad A’zam, zamonaviy o‘zbek nasri, ichki monolog, psixologizm, kinoya, ramziylik, “men” fenomeni, badiiy konflikt, introspektiv tasvir.

Abstract

Mazkur maqolada Ahmad A’zam nasrining badiiy-estetik xususiyatlari, xususan, uning hikoya va novellalaridagi ramziy qatlam, ichki monolog uslubi hamda kinoyaviy ifoda tamoyillari tahlil qilinadi. Adib ijodida shaxsning o‘z “men”ini anglash jarayoni, inson va jamiyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlar, ichki ruhiy ziddiyatlar yetakchi g‘oya sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Shuningdek, Nazar Eshonqul hamda boshqa tadqiqotchilar qarashlari kontekstida Ahmad A’zam asarlaridagi psixologizm, introspektiv tasvir va kinoyaning badiiy funksiyasi yoritiladi. Tadqiqot natijasida yozuvchi nasrida konfliktning tashqi voqelikdan ko‘ra ichki ong maydonida kechishi, “men” fenomenining markaziy poetik unsur sifatida shakllanishi aniqlanadi. Maqola Ahmad A’zam ijodining zamonaviy o‘zbek nasrida tutgan o‘rni va estetik ahamiyatini ilmiy asosda umumlashtirishga qaratilgan.

References

1.Eshonqul N. Mendan “men”gacha.-T.:Akademnashr, 2014. -B.447.

2.Mannopov R. Asqartog‘ cho‘qqisiga yo‘l. -T.: Yoshlik, 2010-yil, 9-son.

3.Sheraliyeva M. Ahmad A’zam hikoyalarida kinoya.

4.Yo‘ldosh Q. So‘z yolqini. -T.: G‘.G‘ulom NMIU, 2018. – B. 318.

Downloads

Published

2026-03-01