MATEMATIK STATISTIKANING IQTISODIY JARAYONLARNI TAXLIL QILISH VA BOSHQARISHDAGI O‘RNI.

Authors

  • A.Pirimov NDKTU Oliy matematika va Infarmatika kafedrasi dotsenti Author
  • Z.Ochilov NDKTY KMF iqtisodioyot yo’nalishi 1-kurs talabasi Author

Keywords:

Matematik statistika, Iqtisodiy tahlil, Tanlanma, Gistogramma, Chastotalar poligoni, Reprezentativlik, Statistika usullari.

Abstract

Ushbu maqolada matematik statistikaning iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va boshqarishdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlik bilan baholash, rejalashtirish va prognozlashda statistik usullarning o‘rni yoritilgan.
Ayniqsa, statistik tahlilning asosiy bosqichlaridan biri bo‘lgan tanlanma tushunchasi va uning asosiy to‘plamni ifodalashdagi roli keng yoritilgan. Maqolada tanlanma shakllantirishning usullari – oddiy tasodifiy, sistematik, mexanik, qatlamli va seriyali tanlanmalar to‘g‘risida izohlar berilgan.
Bundan tashqari, statistik ma’lumotlarni vizual tasvirlash usullari – chastotalar poligoni va gistogramma grafik ko‘rinishlarining iqtisodiy tahlildagi funksional imkoniyatlari o‘rganilgan. Ushbu grafiklar yordamida iqtisodiy jarayonlarning taqsimoti, o‘zgarish tendensiyalari va anomaliyalar ko‘rinadi.

Downloads

Published

2026-04-20