MOVAROUNNAHR DIYORINING BUYUK MUTAKALLIMI
Keywords:
Alouddin Bukhari, Movarounnahr, Mamluk period, Bukhara, Sayyid Sharif Jurjani, Taftazaani, Damascus, Egypt, Ibn HumamAbstract
Muhammad ibn Muhammad ibn Alouddin Abu Abdulloh Buxoriy hanafiy hijriy 779, milodiy 1377 yilda tug‘ilgan. Bu davr Movarounnahrning iqtisodiy ahvoli ko‘tarilgan, turli obodonchilik ishlari yo‘lga qo‘yilayotgan va ilm fan tobora taraqqiy etib borayotgan davr edi. Alouddin Buxoriy ko‘plab ustozlardan ta’lim olgan. Dastlab otasi Muhammad ibn Alouddin va tog‘asi Alouddin Abdurrahmon Toshloqiylardan ta’lim oladi. Tog‘asi mashhur olim Izduddin Iyjiyning shogirdi bo‘lgan. Alouddin Buxoriyning eng mashhur ustozi Sa’duddin Taftazoniy hisoblanadi. Sa’duddin Taftazoniy Amir Temurning taklifi bilan Samarqandga kelgan hamda bu yerda dars berish va kitob yozish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Alouddin Buxoriyning asosiy faoliyati Misrda mamluklar hukmronligi davrida o‘tgan. Tarixchi olim Saxoviyning bergan xabariga ko‘ra Alouddin Buxoriy 841/1438 yilda Damashqning Mizza mavzesida vafot etadi va shu yerga dafn qilinadi.