TOGʿAY MUROD ASARLARIDA OBRAZLI IFODALAR VA ULARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI: QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLIL

Authors

  • Niyozmetov Bunyodbek Qadamboy o‘g‘li Xorazm Ma’mun akademiyasi tayanch doktoranti bunyodbekniyozmuhammad27@gmail.com +998977902848 Author

Keywords:

lingvopoetika, obrazlilik, metafora, ramz, epitet, takror, badiiy tasvir, xalqona ifodalar, Togʿay Murod, qiyosiy-tipologik tahlil.

Abstract

Mazkur maqolada Togʿay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” (1994) va “Bu dunyoda oʿlib boʿlmaydi” romanlarida qoʿllangan obrazli ifodalar — metafora, ramz, epitet, takror, oʿxshatish va xalqona iboralar — lingvopoetik va qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Togʿay Murod nasridagi obrazli tizimning ikki yoʿnalishi ochib beriladi: birinchi romanda obrazlilik yerga, mehnatga va xalqning jismoniy azobiga yaqin boʿlsa, ikkinchi romanda u mavhum falsafiy mushohadalar va siyosiy-ramziy ifodalarga koʿchadi. Tahlil natijalari koʿrsatadiki, yozuvchi obrazli ifodalarni faqat badiiy bezak sifatida emas, balki milliy xotira, tarixiy munosabat va insoniy mavjudlikni ifodalovchi lingvopoetik tizimning asosi sifatida qoʿllagan

References

1. Jakobson R. Linguistics and Poetics // Style in Language / Ed. Sebeok T. — Cambridge, 1960. — P. 350–377.

2. Verdonk P. Stylistics. — Oxford: Oxford University Press, 2002. — P. 4–19.

3. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. — Chicago, 1980. — P. 3–13.

4. Toʿhliyev B. Adabiyotshunoslik asoslari. — Toshkent, 2006. — B. 87–115.

5. Yoʿldoshev Q. Soʿz yolqini. — Toshkent, 2008. — B. 44–67.

6. Karimov N. Ijod sehri. — Toshkent, 2003. — B. 201–219.

7. Togʿay Murod. Otamdan qolgan dalalar. — Toshkent: Sharq, 1994. — B. 27, 33, 37, 53, 74, 82, 100.

8. Togʿay Murod. Bu dunyoda oʿlib boʿlmaydi. — B. 21, 26, 30, 41, 49, 70, 71, 80, 89, 94.

Downloads

Published

2026-06-07