KO‘P QATLAMLI TO‘QIMA TUZILIShINI BELGILOVChI OMILLAR TAHLILI
Keywords:
тўқима, технология, фаза тузилиши, ўрилиш, ип, танда, қатлам.Abstract
To‘qimachilik matolarning texnologik xossalari ko‘rsatkichlari to’quvchilikda katta ahamiyatga ega bo’lib, matoning sifatini baholashda muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoati mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, tabiiy tolalar tanqisligi sabab, kimyoviy va sun’iy tolalarni ishlab chiqarishni oshirish hamda ularning qo‘llanish sohalarini kengaytirish to‘qimachilik sohasi vakillarining oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. To‘qimaning texnologik ko’rsatkichlari va fizik-mexanik xossalari ularni ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo turi, to‘qimaning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Hozirda ko‘pgina to‘qimachilik mahsulotlari assortimentlarini yaratishda kimyoviy tarkibli iplardan foydalanish o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Maqolada ishlab chiqarilgan ikki qatlamli kostyumbop to‘qimalarning yuqori va pastki qavatlarini va bog‘lovchi qavat iplarini texnologik xossalarini o‘zgarish qonuniyatlari tahlili keltirilgan.
References
1. Umarova Sh.R., Yusupova N.B. Ip tarkibini o’zgartirish hisobiga gazlamaga bezak berish. “To’qimachilik muammolari” jurnali. Toshkent-2021, № 4, 67-77 betlar.
2. Umarova Sh.R., Yusupova N.B. Cho’ziluvchan xususiyatli aralash tarkibli matoning mexanik ta’sirlarga chidamliligi tahlili. “O’zbekiston Toqimachiligi” jurnali Toshkent-2023, № 2, 67-77 betlar.
3. Umarova Sh.R., Yusupova N.B., Axmedov K.I. Ideal egiluvchan iplarning dinamik harakati tahlili “O’zbekiston Toqimachiligi” jurnali Toshkent-2024, 2-son 67-77 betlar.