MAJBURIY IJRO BUYROSI TIZIMIDA ELEKTRON IJRO TIZIMLARI ORQALI QARZDORLIKNI UNDIRISHDA DUCH KELINAYOTGAN MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH CHORALARI
Keywords:
elektron ijro tizimi, qarzdorlikni undirish, raqamli tizim, texnik infratuzilma, manfaatdor tomonlar hamkorligi;Abstract
Maqola O‘zbekiston Respublikasida qarzlarni undirish jarayonlarini tezlashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida joriy etilgan elektron ijro tizimining ahamiyati va unga doir mavjud muammolarni tahlil qiladi. Elektron ijro tizimi, Majburiy ijro byurosi tomonidan boshqariladigan, sud qarorlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qo‘llaniladigan raqamli tizim sifatida qarzlarni undirishda samaradorlikni oshiradi va davlatning moliyaviy barqarorligini mustahkamlaydi. Biroq, tizimning samarali ishlashiga texnik va huquqiy muammolar, xususan, tizimga nisbatan xabardorlikning pastligi, ayrim texnik muammolar va huquqiy bo‘shliqlar to‘sqinlik qiladi. Maqolada bu muammolarni hal etish uchun taklif etilgan yechimlar, jumladan, keng qamrovli ta’lim dasturlari, texnik infratuzilmani rivojlantirish, qonunchilikni yangilash va manfaatdor tomonlarning hamkorligini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqola elektron ijro tizimi va uning samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida fikrlar bildiradi.
References
1. “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2020 yildagi PF-6079-son farmoni.
2. “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.12.2018 yildagi PF-5598-son farmoni,
3. Uzbekistan Law Journal. (2022). The efficiency of digital enforcement systems: International practices and challenges. Uzbekistan Law Review, 29(4), P 134-150.
4. Modern education and development Sh.Temirov - Oʻzbekiston Respublikasida Majburiy ijro byurosi va uni rivojlantirish masalalari. – 2024. P 312-319.