“MUHABBAT” KONSEPTI AXLOQIY QADRIYATLAR VA INSONIY FAZILATLAR IFODACHISI SIFATIDA (O‘ZBEK XALQ MAQOLLARI MISOLIDA)

Authors

  • Sa’dullayeva Madina Qosimovna BuxDU 1-kurs tayanch doktoranti Tel: (99) 350-80-32 E-mail: madinasadul…@gmail.com Author

Keywords:

muhabbat, axloqiy qadriyatlar, insoniy fazilatlar, mehr-oqibat, sadoqat, bag‘rikenglik, o‘zbek xalq maqollari, ijtimoiy barqarorlik.

Abstract

Ushbu tadqiqotda “muhabbat” konseptining o‘zbek xalq maqollaridagi o‘rni, ahamiyati va uning axloqiy qadriyatlari, insoniy fazilatlar bilan bog‘liqligi tahlil qilindi. “Muhabbat”  faqat hissiy holatni anglatibgina qolmay, balki insonning ma’naviy yuksalishi, to‘g‘rilik, mehr-muhabbat, sadoqat va sabr kabi axloqiy bilimlarini ham o‘z ichiga olishiga to‘xtalib o‘tildi. O‘zbek xalq maqollarida bu ko‘pincha samimiyat, o‘zaro hurmat va insonlar bilan  o‘zaro aloqalarda namoyon bo’lishiga e’tibor qaratiladi.

Maqollar orqali  xalq, muhabbatning turli jabhalarda – oilada, do‘stlikda, jamiyatda va hatto tabiatga nisbatan qanday axloqiy fazilatlarni ushlab turishi namoyon bo‘ladi. Misol uchun, “Muhabbat, muhabbatni tug’dirar” yoki “Muhabbatning eng ulug‘i – ota-onaga hurmat” kabi maqollar, muhabbatni milliy hissiy, balki axloqiy yordam kabi sifatlarini  ko‘rsatadi. Maqollarda muhabbat, ayniqsa, odamlar bilan bog‘lanib, oilada hurmat, sabr-toqat va o‘zaro yordamni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.

Tadqiqotda, “Muhabbat” konseptining xalqning ma’naviy merosida qanday aks etishi va jamiyatdagi o‘rni chuqur tahlil qilinadi. “Muhabbat” konsepti axloqiy xususiyatlari va insoniy fazilatlar ifodachisi sifatida o‘zbek xalq maqol keng o‘rin tutadi. Ushbu maqollar xalqimizning insoniy munosabatlari, mehr-muhabbat, do‘stlik, samimiylik kabi belgilarini ochib beradi. Muhabbatning o‘zbek xalq maqollaridagi ifodalanishi, bir tomondan, insonni yaxshi xislatlarga da’vat etib, axloqiy to‘g‘rilikni, boshqalar bilan yaxshi munosabatda bo‘lishni targ‘ib qilsa, boshqa tomondan, insoniyatni yagona, bir-birini tushunadigan va hurmat qilishga chaqiradi. Ushbu maqollar orqali xalqimiz muhabbatning romantik, balki ijtimoiy va axloqiy asoslarini ham yuqori baholaganini ko‘rish mumkin. Shu tarzda, o‘zbek xalq maqollari “muhabbat”ni insoniyatning eng ulug‘ qadriyatlaridan biri sifatida ko‘rsatib beradi.

Tadqiqod “muhabbat”ning o‘zbek xalq maqollarida qanday aks ettirilganini va uning axloqiy manbalari bilan qanday bog‘liqligini o‘rganishni maqsad qiladi. Maqollar orqali insonning ma’naviy dunyosini, axloqiy qobiliyatlarini va bir-biriga bo‘lgan muhabbatining jamiyatdagi o‘rni haqida keng fikr yuritiladi.

References

1. Usmonova Sh. Lingvokulturologiya – T.: 2019. – 248b.

2. Шомақсудов Ш., Шораҳмедов Ш. Маънолар маҳзани “Ўзбекистон миллий энсиклопедияси” – T.: 2001 – 448 b.

3. Шомақсудов Ш., Шораҳмедов Ш. Маънолар маҳзани “Ўзбекистон миллий энсиклопедияси” – T.: 2001 – 448 b.

4. Ziyayeva, Sh.K., Aynakulov, Sh.A., & Azbergenov, N.A. (2024). Ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni boyitishda davlat islohotlar: “Ma’naviy barkamol yoshlar - Yangi O‘zbekiston bunyodkori” Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. 16-may.

5. Komilova, G. R. (2021). Hayot – buyuk qadriyat sifatida. NamDU ilmiy axborotnomasi, 2-son.

6. Abdullayeva, S. (2023). Ma’naviyat: Umumiy ma’noli maqollar va ularning mavzuiy guruhlari. NavDPI O‘zbekiston tili va adabiyoti fakulteti, 3-kurs talabasi.

7. www.google.ru

8. www.google.uz

9. www.harvard.edu

10. www.ziyouz.com

Downloads

Published

2025-03-20