O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDAGI TABIAT HODISALARINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
o‘xshatish, lingvokulturologik xususiyat, Ayamajuz, oltin qoziq, chilla, qor.Abstract
Mazkur maqolada oʻzbek xalq maqollarida qoʻllanilgan tabiat hodisalarining lingvokulturologik xususiyatlari tadqiq etilgan. Lingvokulturologik birliklar muqobilsiz leksika, lakuna, arxetip, ramz, metafora, stereotip, mifologiyalashgan til birliklari, obraz, nutq etiketi va shu kabilar ekanligi hisobga olinib, tadqiq uchun lingvomadaniy birlik bo‘lgan o‘xshatish ishtirok etgan maqollar tanlab olingan. Tabiat hodisalari ishtirok etgan o‘zbek xalq maqollarining lingvokulturologik xususiyatlarini tahlil qilish uchun ularning tilshunoslik va madaniy kontekstdagi o‘rnini ko‘rib chiqish lozim. Bu maqollar o‘zbek xalqining hayot tarzi, dunyoqarashi va tabiat bilan bog‘liq tajribalarini aks ettiradi.Metaforik ma’no orqali tabiat hodisalari odamlarning fe’l-atvori, turmush sharoiti va hayotiy tajribalari bilan bog‘lanadi. Tabiat hodisalari koʻplab madaniyatlarda ramziy maʼnolar kasb etib, xalqning urf-odatlari, eʼtiqodlari va kundalik hayotida muhim oʻrin tutadi. Oʻzbek madaniyatida ham tabiat hodisalari xalqning dunyoqarashi va qadriyatlarini aks ettiruvchi belgilar sifatida namoyon boʻladi.Ba’zi maqollar o‘z ichida ma’no jihatdan zid tushunchalarni qamrab oladi: Maqollar ko‘pincha qofiyali yoki ritmga mos keladigan tuzilishga ega bo‘ladi.Tabiatga bo‘lgan hurmat ham maqollarda yetakchi g‘oyalardan. O‘zbek xalq maqollarida tabiat va uning boyliklarini asrashga chaqiriq seziladi. Qadimiy e’tiqodlar va hayotiy tajribalar maqollarda aks etgan. Masalan: Qor qalin yog‘sa, hosil mo‘l bo‘ladi. Folklor va e’tiqod bilan bog‘liqlik: ba’zi maqollar xalq e’tiqodlari va afsonalar bilan bog‘liq bo‘lib, tabiat hodisalariga ramziy ma’no yuklaydi:Yomg‘ir yog‘sa, rizq yog‘adi. Tabiat hodisalari oʻzbek madaniyatida chuqur ramziy maʼnolarga ega boʻlib, xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari va urf-odatlarini aks ettiradi. Ular orqali xalq oʻzining hayotiy tajribasi va donoligini ifoda etadi, bu esa madaniyatning boyligi va xilma-xilligini namoyon etadi. Shunday qilib, tabiat hodisalari bilan bog‘liq o‘zbek xalq maqollari xalqning dunyoqarashi, mehnat va hayot falsafasini aks ettiruvchi lingvokulturologik xususiyatlarga ega.
References
1. Safarov O. (2010). Xalq og‘zaki ijodi.Musiqa.
2. Shomaqsudov Sh., Shorahmedov Sh. (2001) Ma’nolar maxzani. O‘zbekiston milliy ensklopediyasi.
3. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.(2000) O‘n birinchi jild. Ziyo.uz.com.
4. O‘zbek tilining izohli lug‘ati 5 jildlik. (2008)Birinchi jild.O‘zbekiston milliy ensklopediyasi.
5. Саримсоков A. Традиционные календарные взгляды узбеков. Ученый XXI века, 60-61.
6.www.google.uz
7.www.ziyouz.com