TEXNIKA OLIY O`QUV YURTI TALABALARIDA MUXANDISLIK QOBILYATINI SHAKLLANTIRISH

Authors

  • Ruzmetova Sayyoraxon Timurxanovna Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti ''Pedagogika va psixologiya'' kafedrasi ,pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (Phd) v,b dosent Author
  • Ashurov Azizjon Orif o`g`li Author
  • Ismatullayev Nursultan Nurjan o’g’li Author

Keywords:

Texnika, innovatsion yondashuvlar, Texnologiya, global,raqobat, muhandislik , Texnologiyalarning jadal rivojlanishi va global raqobat muhitida muhandislik sohasi uchun yuqori malakali, mustaqil fikrlaydigan va innovatsion yondashuvlarga ega mutaxassislarga boʻlgan talab keskin oʻsmoqda. Texnika oliy oʻquv yurtlarining vazifasi – muhandislik qobiliyatini shakllantirish jarayonini samaradorligini oshirish orqali, bu talablarga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Muhandislik qobiliyatini shakllantirishdagi asosiy muammolar: Nazariya va amaliyotning ajralishi: Oʻquv dasturlari koʻpincha nazariy bilimlarga koʻproq urgʻu beradi, talabalar esa amaliy mashgʻulotlar va loyihalarda etishmovchilikni sezadilar Mustaqil fikrlash va innovatsionlikning rivojlantirish qobiliyatlarining yetarli emasligi: Talabalar koʻpincha ma’lum formulalar va algoritmlarni qoʻllashga oʻrgatiladi, lekin o’ziga xos echimlarni topishga va yangi yondashuvlarni izlashga ragʻbatlantirilishmaydi Jamoaviy ishlash koʻnikmalarining rivojlanmaganligi: Talabalar koʻpincha o’zaro hamkorlikda ishlay olmasliklari, vazifalarni qayta taqsimlay olmasliklari va jamoaviy mas’uliyatni tushunmasliklari kuzatiladi. Zamonaviy Texnologiyalardan oʻquv jarayonida yetarli darajada foydalanilmaganligi: Bugungi kun talablariga mos keladigan virtual laboratoriyalar, dasturiy ta’minot va boshqa texnologiyalardan kamdan-kam foydalaniladi. Oʻqituvchilarning Kadrlar tayyorlashdagi malakasining etishmovchiligi: Koʻpincha oʻqituvchilar zamonaviy oʻquv usullari va pedagogic texnologiyalarni etarlicha bilmasliklari va qoʻllash qobiliyatlarining zaifligi kuzatiladi. Samarali yondashuvlar: Oʻquv Dasturlarini zamonaviy talablarga moslashtirish: Dasturlar muhandislikning zamonaviy sohalari, shu jumladan, raqamli texnologiyalar, innovatsion dizayn va yangi materiallar haqida bilim va koʻnikmalarni oʻz ichiga olishi kerak. Mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish va innovatsion yondashuvlarni rag’batlantirish: Talabalarni yangiliklarni qo’llab-quvvatlashga va muammolarni yangi yechimlarni izlashga rag’batlantirish kerak. Jamoaviy ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish: Loyiha ishlari, guruhlardagi ishlar, muhokamalar va simulyatsiyalarni keng qo’llash kerak. Zamonaviy texnologiyalarning qo’llanilishini kengaytirish: Virtual laboratoriyalar, dasturiy ta’minot va boshqa zamonaviy texnologiyalar o’quv jarayoniga integratsiyalashtirilishi kerak. Oʻqituvchilarning pedagogik malakasini oshirish: Oʻqituvchilarga zamonaviy oʻquv usullarini va pedagogik texnologiyalarni oʻrgatish, oʻqituvchi va talaba o’rtasidagi samarali aloqa ko’nikmalarini rivojlantirish zarur. : muhandislik grafikasi fanini boshqa texnika fanlaribilan integratsiyalashtirilgan holda o‘rgatishning afzalliklari bo‘yicha tahlil qilingan ilmiymaqolalar bugungi kunda muhandislik grafikasi fanini o’qitishda yo‘l qo‘yiladigankamchiliklariga qaratilgan maqolalarga qaraganda ko‘proq jalb qilish kontingentiga tayanadi. Ikkala o‘rganish natijalari bo‘yicha mualliflar muhandislik grafikasi fani bo’yicha umumiy bilimlarga murojaat qilish orqali o‘quvchi bilan muloqot qiladi, ammo muhandislik grafikasi fani o’qitishdagi mavjud muammolarga qaraganda uning yechimlariga qaratilgan maqolalar o‘quvchi e’tiborini faol ravishda yo‘naltiradi. Zamonaviy pedagogic texnologiyalarni qo‘llagan holda muhandislik grafikasi fani o’qitish o‘quvchilarning texnik va fazoviy tassavurlarini kengayishi va bilimni to‘laqonli egallashga ko‘maklashgan.

Abstract

Ushbu maqolada Texnika oliy oʻquv yurtlarida muhandislik qobiliyatini shakllantirish jarayonining dolzarb muammolariga va samarali yechimlariga bagʻishlangan. Zamonaviy talablarga javob beradigan, innovatsionyondashuvlarni, amaliy koʻnikmalarni va mustaqil fikrlashni rivojlantiradigan ta’lim usullari, ularning samaradorligini oshirish  bo’yicha tavsiyalar keltirilgan  va ushbu maqolada talabalarning fazoviy va texnik tassavurlarini rivojlantirishda muhandislik grafikasi fanining o’rni va ahamiyati, bu fanni о‘qitishdagi muammolar va ularning yechimlari yoritib berilgan. muhandislik grafikasi, texnik fikrlash, fazoviy tasavvur, kompyuter grafikasi, kompyuter modellashtirish, loyihalash, grafik dasturlash. Iqtibos uchun

References

1.Goziev E.G. O‘tanov B “Hamkorlik psixologiyasi” T., Tosh D.U. 2017

2.Goziev E.G. Oliy maktab psixologiyasi. ToshDU 2012 y.

3.I.Xudoyberdiev. Islom, shaxs va milliy psixologiya.-T.:2009

internet tarmogi bo’yicha veb-saytlar ro’yhati:

1. www.expert.psychology.ru

2. www.psycho.all.ru

3. www.psychology.net.ru

Литература

1. Гозиев Э.Г. Утанов Б. «Психология сотрудничества» Т., Тош Д.У. 2017

2. Гозиев Э.Г. Психология средней школы. Ташкентский государственный университет 2012

3.И. Худойбердиев. Ислам, личность и национальная психология.-Т.:2009

Список сайтов в Интернете:

1. www.expert.psychology.ru

2. www.psycho.all.ru

3. www.psychology.net.ru

References

1.Goziev E.G. Utanov B “Psychology of Cooperation” T., Tosh D.U. 2017

2.Goziev E.G. Higher School Psychology. ToshSU 2012

3.I.Khudoyberdiev. Islam, Personality and National Psychology.-T.:2009

List of websites on the Internet:

1. www.expert.psychology.ru

2. www.psycho.all.ru

3. www.psychology.net.ru

Downloads

Published

2025-04-20