TIJORAT BANKLARINING XIZMAT SIFATI VA RAQOBATBARDOSHLIK DARAJASI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
Abstract
Hozirgi davrda bank xizmatlari bozori tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan moliyaviy segmentlardan biri sifatida ajralib turadi. Mamlakatimizda bank tizimining bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinishi, moliyaviy xizmatlarning raqamlashtirilishi, mijozlarga qulaylik yaratishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda, tijorat banklari uchun bozor raqobatida ustunlikka erishish borasida xizmat sifatining roli tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda mijoz faqat oddiy omonat yoki kredit emas, balki unga qulay, tez, ishonchli va zamonaviy uslubda xizmat ko‘rsatilishini talab qiladi. Shunday ekan, xizmat ko‘rsatish sifati va bankning raqobatbardoshlik darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish, bu ikki tushuncha o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni tahlil qilish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
References
1. O‘zbekiston Respublikаsining 2019-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonuni.
2. O‘zbekiston Respublikаsining 2019-yil 5-noyabrdagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PF-158-sonli “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni.
4. Umarov A. Tijorat banklarida yangi masofaviy bank xizmat turlarini rivojlantirish //Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. – 2023. – Т. 1. – №. 11-12.
5. Umarov E. Transitioning to a Green Economy and Implementing Sustainable Technological Changes in Uzbekistan //Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. – 2023. – Т. 1. – №. 11-12.
6. Solijonova M. A. INTERNATIONAL EXPERIENCES ON RESTORATION OF FINANCIAL STABILITY THROUGH INDICATORS IN COMMERCIAL BANKING SECTOR //YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT. – 2023. – Т. 1. – №. 10. – С. 666-667.