YELKA BO‘G‘IMI ODATIY CHIQISHINI JARROHLIK YO‘LI BILAN DAVOLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Keywords:
yelka bo‘g‘imi; odatiy chiqish; surunkali beqarorlik; Tkachenkо usuli; Isakov usuli; jarrohlik davolash; reabilitatsiya; artroz; xondromalatsiya; MSKT; MRT; harakat amplitudasi (ROM); ijtimoiy samaradorlik; baholash so‘rovnomasi.Abstract
Ushbu tadqiqotda odatiy yelka bo‘g‘imi chiqishini jarrohlik yo‘li bilan davolash samaradorligi ob’ektiv baholash so‘rovnomasi asosida tahlil qilindi. 2017–2023-yillarda Toshkentdagi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali va Farg‘onadagi SSV muassasalarida Tkachenkо hamda Isakov usullari bilan operatsiya qilingan 93 bemor kuzatildi. Baholash uch soha bo‘yicha olib borildi: operatsion ko‘rsatkichlar (davomiylik ≤2 soat, distrofiya profilaktikasi, kapsula yaxlitligi), anatomo-funksional holat (fleksiya 143°, ekstenziya 32°, abduksiya 134°, bo‘g‘im simmetriyasi va mushak tonusi), hamda bo‘g‘im elementlari (bo‘g‘im yorig‘i 2,1 mm; MSKTda artroz belgilari saqlanib, progressiyalanmasligi). Umumiy ball 32 ni tashkil etib, jarrohlik aralashuvining yuqori samaradorligini ko‘rsatdi; shuningdek, bemorlarning tibbiy yordamdan qoniqishi oshdi (A’lo: 8,0%→16,7%; Yaxshi: 33,0%→41,8%; Yomon: 16,0%→0%), ijtimoiy samaradorlik koeffitsienti 1,2 ga teng bo‘ldi. Obyektiv baholash ijobiy chiqqan bemorlarda qayta chiqish xavfi past deb baholandi va operatsiyadan 7-oydan boshlab yengil reabilitatsiya fonida sport yuklamalariga ruxsat etildi.
References
1. Burkhart S., Lo I.K., Brady P.C., Denard P.J. The Cowboy's Companion: A trail guide for the arthroscopic shoulder surgeon. Philadelphia, 2012. 495 p.
2. Finestone A, Milgrom C, Radeva-Petrova DR, et al. Bracing in external rotation for traumatic anterior dislocation of the shoulder. J Bone JointSurg Br. 2009;91(7):918–921.
3. Gartsman G.M. Shoulder arthroscopy. Philadelphia, 2009. 378 p.
4. Hovelius L, Eriksson K, Fredin H et al. Recurrences after initial dislocation of the shoulder. Results of a prospective study of treatment. J Bone Joint Surg1983;65-A: 343-349.
5. Itoi, E. et al., 2003: A new method of immobilization after traumatic anterior dislocation of the shoulder: A preliminary study, J Shoulder Elbow Surgery
6. Largacha M., Parsons I.M. 4th, Campbell B., Titelman R.M., Smith K.L., Matsen F. 3rd. Deficits in shoulder function and general health associated with sixteen common shoulder diagnoses; a study of 2674 patients. J. Shoulder Elbow Surg. 2006;15(1):30-39.
7. Sugaya H, Moriishi J, Dohi M, Kon Y, Tsuchiya A: Glenoid rim morphology in recurrent anterior glenohumeral instability / Bone Joint Surg Am 2003; 85:878-884
8. Бабич, Б.К. Вывихи плеча //Травматические вывихи и переломы. – Киев, 1968.
9. Филипенко П.В. Анализ возможности и обоснованности консервативного лечения первичного травматического вывиха плеча. Мир науки, культуры, образования. №3 (46), 2014. С.401-404.