TA’LIM TEXNOLOGIYALARI SOTSIOLINGVISTIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRUVCHI ASOSIY OMIL SIFATIDA
Keywords:
ta’lim texnologiyalari, sotsiolingvistik kompetensiya, kommunikativ malaka, raqamli ta’lim, madaniyatlararo muloqot, nemis tili o‘qitish, sotsiokulturniy yondashuv.Abstract
Mazkur maqolada ta’lim texnologiyalarining filologik ta’lim jarayonida, xususan, xorijiy tillarni o‘qitishda sotsiolingvistik kompetensiyani rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Sotsiolingvistik kompetensiya til egallovchilarning ijtimoiy-madaniy vaziyatlarga mos ravishda tildan foydalanish ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari, xususan, raqamli platformalar, virtual muloqot muhitlari, interaktiv dars vositalari va multimedia resurslari ushbu kompetensiyani shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada o‘quvchilarning kommunikativ malakalarini oshirish, til o‘rganish jarayonida ijtimoiy kontekstni hisobga olish hamda chet tili darslarini sotsiokulturniy yondashuv asosida tashkil etish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, nemis tili ta’limida ta’lim texnologiyalarini integratsiyalash orqali madaniyatlararo muloqot, nutq madaniyati, ijtimoiy holatga mos nutq uslublarini shakllantirish yo‘llari amaliy misollar bilan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari zamonaviy o‘qituvchining raqamli kompetensiyasi va sotsiokulturniy sezgirligini rivojlantirish ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
References
1. Abdullayeva N. Sotsiolingvistik kompetensiyani shakllantirishda kommunikativ yondashuvning roli. – T.: Filologiya, 2021.
2. Mavlonova R., Yo‘ldosheva M. Chet tillarini o‘qitishda axborot texnologiyalarining o‘rni. – T.: Innovatsiya, 2022.
3. Kramsch C. Language and Culture. – Oxford: Oxford University Press, 1998.
4. Hymes D. On Communicative Competence. – Philadelphia: University of Pennsylvania Press, 1972.
5. Goethe-Institut. Digitale Lernplattformen im Deutschunterricht. – Berlin, 2023.