BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA RAQAMLI QURILMALAR VA GADJETLARNING TA’SIRI

Authors

  • Abduvaliyeva N.A Author
  • Ahmadjonova G Author

Keywords:

raqamli qurilmalar, ekran vaqti, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, kognitiv rivojlanish, jismoniy rivojlanish, ijtimoiy-emotsional rivojlanish, raqamli savodxonlik, multimedia ta’limi, bola psixologiyasi, ta’lim texnologiyalari, gadjetlardan foydalanish.

Abstract

 

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining raqamli qurilmalar va gadjetlardan foydalanishi ularning jismoniy, kognitiv, psixologik hamda ijtimoiy rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida smartfon, planshet, kompyuter va boshqa raqamli vositalarning keng qo‘llanilishi bolalar faoliyatining turli jihatlariga ijobiy va salbiy ta’sirlar ko‘rsatmoqda. Xalqaro tadqiqotlar bolalarda ortiqcha ekran vaqti diqqatning pasayishi, uyqu buzilishi, til rivojining sekinlashuvi va jismoniy faollikning kamayishiga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, to‘g‘ri tashkil etilgan raqamli ta’lim muhiti, interaktiv o‘yinlar va multimedia vositalari o‘quv jarayonidagi qiziqishni oshirib, kreativ fikrlash va axborot savodxonligini rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin. Maqolada milliy va xalqaro ilmiy tadqiqotlar tahlili orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida raqamli qurilmalar bilan ishlashning optimal me’yorlari, xavfsiz foydalanish tamoyillari va pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Natijalar maktab ta’limida raqamli texnologiyalardan maqsadli va muvozanatli foydalanish zarurligini asoslaydi.

References

1. Kar, S. S., Dube, R., Goud, B. K. M., Gibrata, Q. S., El-Balbissi, A. A., Al Salim, T. A., & Fatayerji, R. N. M. (2025). Impact of Screen Time on Development of Children. 28 June 2025 / Revised: 29 August 2025

2. Medina, K. M. va boshq. (2024). Exploring the Impact of Screentime Use on Children’s Development at Aged 2 to 12: a Systematic Review. Archives of Clinical Neuropsychology, Volume 39, Issue 7, October 2024. – P. 1207.

3. www.ziyonet.uz

4. www.pedagog.uz

5. https://doi.org/10.3390/children12101297

6. https://doi.org/10.1093/arclin/acae067.267

Downloads

Published

2025-12-20