YOSH BOKSCHILARNING MUSOBAQAOLDI TAYYORGARLIGIDA TRENIROVKA YUKLAMALARINI RATSIONAL TAQSIMLASH SAMARADORLIGI
Keywords:
yosh bokschilar, musobaqaoldi tayyorgarlik, trenirovka yuklamasi, mikrosikl, maxsus jismoniy tayyorgarlik, maxsus ish qobiliyati, zarba kuchi, tezkor-kuch sifatlari, pedagogik eksperiment.Abstract
Mazkur maqolada yosh bokschilarni muhim musobaqalarga tayyorlash jarayonida trenirovka yuklamalarini ratsional taqsimlash metodikasi va uning samaradorligi yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi yosh bokschilarning musobaqaoldi tayyorgarligi uchun ishlab chiqilgan trenirovka modelining maxsus jismoniy tayyorgarlik, tezkor-kuch sifatlari, zarba kuchi, zarbalar soni va maxsus ish qobiliyati ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlashdan iborat. Pedagogik eksperimentda 17 nafar yosh bokschi ishtirok etdi. Eksperiment davomida ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan mashqlar hajmi, intensivlik zonalari hamda ularning mikrosikllar bo‘yicha taqsimlanishi nazorat qilindi. Birinchi mikrosiklda umumiy jismoniy tayyorgarlik va kuch sifatlarini rivojlantirishga, ikkinchi mikrosiklda tezkor-kuch hamda maxsus tayyorgarlikka, yakuniy mikrosiklda esa texnik-taktik tayyorgarlik, tiklanish va optimal sport formasini shakllantirishga ustuvor ahamiyat berildi. Natijalar trenirovka yuklamalarini bosqich vazifalariga muvofiq rejalashtirish zarba kuchi, zarbalar soni va maxsus ish qobiliyati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga olib kelganini ko‘rsatdi. Ishlab chiqilgan modeldan sport maktablari va boksga ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik guruhlari faoliyatida foydalanish mumkin.
References
1. Abdullayev A.A., Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati: monografiya. – Farg‘ona: Farg‘ona nashriyoti, 2019. – 232 b.
2. Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va uslubiyati: monografiya. – Toshkent: Ilmiy-texnika axboroti matbuoti nashriyoti, 2021. – 280 b.
3. Soliyev A.S. Sport maktablari o‘quvchilarining maxsus jismoniy sifatlarini rivojlantirish xususiyatlari // O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar jurnali. – Chirchiq, 2022. – № 2(1). – B. 45–51.