OLIY TA’LIM MATEMATIK FANLARINI O‘QITISHDA INTEGRATSION MODELLARNI ISHLAB CHIQISH
Abstract
Matematik modellashtirish — bu haqiqatdagi hodisalar va jarayonlarning soddalashtirilgan matematik ifodalardagi ko‘rinishi. Ushbu maqolada matematik modellashtirishning mohiyati, uning amaliyotda qo‘llanilishi va integratsion modellarni yaratish jarayoni ko‘rib chiqiladi. Modellashtirish, ilmiy tadqiqot metodini sifatida, murakkab ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni matematik vositalar yordamida formallashtirish, ya’ni ularni aniq ifodalash imkonini beradi. Bu jarayonda mantiqiy, statistik va hisoblash metodlaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Matematik modellashtirish jarayoni kuzatishlar tanlab olinishi, keyinchalik noformal modelning yaratilishi, so‘ngra uning matematik shakllarga o‘tkazilishi kabi bosqichlardan iborat. Modellashtirishning har bir bosqichi o‘ziga xos qiyinchiliklarga ega bo‘lib, buning natijasida modelning boshlang‘ich farazlari va ularning haqiqiy holatlar bilan mosligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, matematik modellar yordamida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar tahlil qilinadi va prognozlar tuziladi.
Matematik modellar tabiiy tilga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Ular, birinchidan, bizning ongimizda mavjud bo‘lgan mental modellardan farqli ravishda aniq va sistematik bo‘lib, noaniqliklarni bartaraf etadi. Ikkinchidan, ular juda yuqori darajadagi murakkabliklarni tahlil qilish imkonini beradi va turli ko‘rinadigan masalalar uchun umumiy yechim topishga yordam beradi. Ushbu maqolada shuningdek, kompyuter modellarining ahamiyati va ularning sun’iy intellekt bilan integratsiyasi, shuningdek, ta’lim tizimidagi matematik modellashtirishning o‘rni haqida ham so‘z boradi.
Matematik modellashtirish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar ham muhokama qilinadi, ayniqsa, dastlabki farazlarning soddalashtirilganligi va ularning eksperimental tekshiruvlardan o‘tishi zarurati. Maqolada shuningdek, integratsion model va fanlararo aloqalar haqida fikrlar bildiriladi, bu jarayonning ta’limda qanday qo‘llanilishi va uning amaliy ahamiyati ko‘rsatiladi.
References
1. Тураев С.Ж. Повышение качества профессиональной деятельности студентов с привлечением к научному проекту. XII Международной научно - практической конференции «Инновации в технологиях и образовании», 21-22 марта 2019 г., Филиал КузГТУ в г. Белово. – Белово: 2019. -240-241 с.
2. Risbekova, D. J., Miryusupova, M. M., & Sayfullayeva, M. M. (2022). Murakkab funksiyaning hosilasi. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(1), 134-136.
3. Risbekova, D. J., Miryusupova, M. M., & Saydullayeva, M. S. (2022). Hosilaning fizika, geometriya va boshqa fanlarga tadbiqlari. Academic research in educational sciences, 3(6), 447-451.
4. Abdullayeva, D. (2021). Formation of gender identity in the process of socialization. UzMU Xabarlari, 1(6), 65-68.
5. Yusupov, M. (2024). Using interactive and pedagogical methods in teaching mathematical lessons. Web of Technology: Multidimensional Research Journal, 2(9), 34-44.
6. Abdullayeva, G. (2022). Methodological competence of university teachers in the context of inclusive education. Solution of social problems in management and economy, 1(6), 58-65.