TA’LIM OLUVCHILARDA O‘ZINI BAHOLASH MADANIYATINING SHAKLLANISHI
Abstract
Ushbu maqolada ta’lim oluvchilarda o‘zini baholash madaniyatining shakllanishi, uning mazmuni, ahamiyati va shakllantirish usullari tahlil qilingan. O‘zini baholash reflektiv tafakkur va ichki motivatsiyani rivojlantirishda muhim omil sifatida qaralgan. Maqolada pedagogik sharoitlar, metodik yondashuvlar va zamonaviy texnologiyalar asosida o‘zini baholash kompetensiyasini shakllantirish mexanizmlari yoritilgan.