KENG POLOSALI RF-SIGNALLARDA QUVVATNI O‘LCHASH USULLARI VA O‘LCHOV VOSITALARINING QIYOSIY TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada simsiz aloqa tizimlarida qo‘llaniladigan keng polosali RF-signallarda quvvatni aniq va ishonchli o‘lchash masalalari ko‘rib chiqilgan. Vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan va shovqinga o‘xshash signallarda quvvatni baholash faqat oniy qiymatlarni o‘lchash bilan cheklanmasdan, signal spektri va vaqt bo‘yicha integrallashni talab qilishi asoslab berilgan. Quvvat o‘lchagichlar va signal analizatorlarining funksional imkoniyatlari, afzalliklari hamda cheklovlari tahlil qilinib, ularning simsiz qurilmalarni sinovdan o‘tkazishdagi qo‘llanish sohalari yoritilgan. Signal quvvatini belgilangan chastota polosasi bo‘yicha integrallash prinsipi asosida umumlashtirilgan energetik baholashning ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Keltirilgan tahlillar RF-tizimlarning ishlash sifatini baholash va optimallashtirishda samarali o‘lchash usullarini tanlash uchun amaliy ahamiyatga ega.
References
1. D. M. Pozar, Microwave Engineering, 4th ed., Hoboken, NJ, USA: Wiley, 2012.
2. C. A. Balanis, Antenna Theory: Analysis and Design, 4th ed., Hoboken, NJ, USA: Wiley, 2016.
3. R. Ludwig and P. Bretchko, RF Circuit Design, 2nd ed., Upper Saddle River, NJ, USA: Pearson, 2009.
4. Keysight Technologies, Fundamentals of RF and Microwave Power Measurements, Application Note, Santa Rosa, CA, USA, 2018.
5. Rohde & Schwarz, Power Measurements for Modern Communication Signals, Application Note, Munich, Germany, 2020.