MAKTABGACHA TA’LIMDA STEAM YONDASHUVINI TATBIQ ETISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvining o‘rni, uning an’anaviy ta’limdan farqli jihatlari va tarbiyachining yangi roli yoritilgan. Shuningdek, muallif tomonidan ishlab chiqilgan "Ilm va ijod integratsiyasi: STEAM yondashuvi" o‘quv qo‘llanmasining mazmun-mohiyati va "Ilk qadam" davlat dasturi bilan integratsiyasi tahlil qilingan. Xususan, “Ilk qadam” davlat dasturi bilan uzviylik, Injenerlik dizayn jarayoni (IDJ) bosqichlari va tarbiyachining fasilitatorlik roli kabi masalalarga alohida urg‘u berilgan. Tadqiqotning yangiligi metodik ishlanmalarning QR-kodlar orqali raqamlashtirilishi va tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida muhandislik fikrlashini uyg‘unlashtirish modelida namoyon bo‘ladi. Maqola yakunida STEAM texnologiyasini maktabgacha ta’lim tashkilotlari amaliyotiga tizimli joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ilgari surilgan. Ushbu izlanishlar bolalarda mantiqiy tafakkur, kreativlik va muammolarni ijodiy hal qilish qobiliyatini rivojlantirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
References
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Maktabgacha ta’limning davlat o‘quv dasturini tasdiqlash to‘g‘risida (Ilk qadam). – Toshkent, 2018. – 12-45-betlar.
Abdumajidova D.A. Ilm va ijod integratsiyasi: STEAM yondashuvi. O‘quv-metodik qo‘llanma 2025. – 5-120-betlar.
Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: "Fan va texnologiya", 2013. – 78-92-betlar.
Yakman G. STEAM Education: an overview of STEAM from its origins to its current indications. – South Korea, 2008. – pp. 103-115.
Grosheva I.V. va boshqalar. "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturi (takomillashtirilgan ikkinchi nashr). – Toshkent, 2022. – 34-56-betlar.
Shin A.V. Maktabgacha ta’limda innovatsiyalar va STEAM texnologiyalari. – Toshkent: "Ma’naviyat", 2021. – 15-28-betlar.
Abakumova I.V. STEAM-технологии в дошкольном образовании: психологический аспект. – Москва: "Просвещение", 2020. – С. 45-60.
Tuğrul B. Okul Öncesinde STEAM Yaklaşımı ve Uygulamaları. – İstanbul: Eğiten Kitap, 2019. – S. 112-130.