MAKTAB DIREKTORLARINING MEDIAKOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Keywords:
mediakompetentlik, mediata’lim, mediasavodxonlik, axborot savodxonligi, mediamadaniyat, maktab direktori, ta’lim menejmenti, tanqidiy tahlil, axborot xavfsizligi, media kommunikatsiya.Abstract
Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining mediakompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilingan. Mediata’lim, mediasavodxonlik, axborot savodxonligi, mediamadaniyat va mediakompetentlik tushunchalarining mazmuniy chegaralari ta’lim boshqaruvi kontekstida ochib berilgan. Nazariy tahlil natijasida maktab direktorining mediakompetentligi axborotni izlash va saralash, media xabarlarni tanqidiy baholash, media kontent yaratish, jamoatchilik bilan maqsadli kommunikatsiya o‘rnatish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash kabi o‘zaro bog‘liq ko‘nikmalar majmui sifatida asoslangan. Maqolada ushbu kompetentlikni tashkil etuvchi funksional-pragmatik, tanqidiy-tahliliy, estetik-kreativ, interfaol-kommunikativ va xavfsizlikka oid komponentlar tizimlashtirilgan. Mazkur tarkib maktab boshqaruvida axborot-tahlil funksiyasini kuchaytirish, asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish va maktab bilan jamoatchilik o‘rtasidagi axborot almashinuvini samarali tashkil etish uchun metodologik asos sifatida talqin etiladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
4. UNESCO. Media and Information Literate Citizens: Think Critically, Click Wisely! Media and Information Literacy Curriculum for Educators and Learners. 2nd ed. Paris: UNESCO, 2021. 403 p.
5. Баранов О.А. Медиаобразование в школе и вузе. Тверь: Изд-во Тверского государственного университета, 2002. 87 с.
6. Федоров А.В. Словарь терминов по медиаобразованию, медиапедагогике, медиаграмотности, медиакомпетентности. 2010. URL: http://evartist.narod.ru/.
7. Muratova N., Grizzle E., Mirzaxmedova D. Jurnalistikada media va axborot savodxonligi. Toshkent: Baktria press, 2019. 112 b.
8. Kubey R. Media Education: Portraits of an Evolving Field // Media Literacy in the Information Age / Ed. R. Kubey. New Brunswick & London: Transaction Publishers, 1997. P. 2.
9. Маматова Я., Сулайманова С. Узбекистан по пути развития медиаобразования: учебное пособие. Ташкент: Extremum-press, 2015. 90 с.
10. Potter W.J. Media Literacy. Thousand Oaks – London: Sage Publication, 2001. 423 p.
11. Silverblatt A. Media Literacy. Westport, Connecticut – London: Praeger, 2001. 449 p.
12. Hobbs R. Media Literacy in Action: Questioning the Media. 2nd ed. New York: Bloomsbury Publishing, 2024. 426 p.
13. Sheninger E.C. Digital Leadership: Changing Paradigms for Changing Times. 2nd ed. Thousand Oaks, CA: Corwin, 2019. 288 p.
14. Håkansson Lindqvist M., Pettersson F. Digitalization and school leadership: on the complexity of leading for digitalization in school // The International Journal of Information and Learning Technology. 2019. Vol. 36, No. 3. P. 218–230. DOI: 10.1108/IJILT-11-2018-0126.
15. Grissom J.A., Egalite A.J., Lindsay C.A. How Principals Affect Students and Schools: A Systematic Synthesis of Two Decades of Research. New York: The Wallace Foundation, 2021.
16. Tømte C.E. Conceptualisation of professional digital competence for school leaders in schools with 1:1 coverage of digital devices // Computers & Education. 2024. Vol. 222. Article 105151. DOI: 10.1016/j.compedu.2024.105151.