GENDER TENGLIK VA INSON HUQUQLARI: XALQARO TAJRIBA HAMDA O‘ZBEKISTON AMALIYOTI
Abstract
Mazkur maqolada gender tenglik tushunchasining inson huquqlari tizimidagi o‘rni, uning xalqaro-huquqiy asoslari hamda O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Gender tenglik faqat xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish masalasi emas, balki jamiyatda inson qadrini ta’minlash, teng imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy adolatni qaror toptirish va barqaror taraqqiyotga erishishning muhim sharti sifatida yoritiladi. Maqolada BMTning CEDAW konvensiyasi, Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasi, Barqaror rivojlanish maqsadlari kabi xalqaro hujjatlarning ahamiyati ochib berilib, ayrim davlatlarning gender siyosatidagi tajribasi bilan O‘zbekiston amaliyoti qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlari mustahkamlanganligi, gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan qonunchilik va institutsional mexanizmlar, ta’lim, mehnat, siyosiy ishtirok hamda oilaviy munosabatlar sohasidagi dolzarb masalalar tahlil qilinadi. Tadqiqot yakunida gender tenglikni real ijtimoiy amaliyotga aylantirish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ilgari suriladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ–562-son, 2019-yil 2-sentabr.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ–561-son, 2019-yil 2-sentabr.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ–637-son, 2020-yil 23-sentabr.
5. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.