M&A JARAYONIGA TA’SIR QILUVCHI TASHQI KUCHLAR, IQTISODIY VA HUQUQIY MUHIT TAHLILI
Keywords:
Iqtisodiy muhit, huquqiy muhit, raqobat qonunchiligi, soliq tartibi, korporativ boshqaruv, tashqi kuchlar, mergers and acquisitions (M&A), korporativ strategiya, regulyativ xavf, investitsion barqarorlik.Abstract
Mazkur maqolada qo‘shilish va qo‘shib olish (M&A) jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi omillar – xususan, iqtisodiy va huquqiy muhitning roli chuqur tahlil qilinadi. M&A faoliyati ko‘plab ichki omillardan tashqari, global va milliy darajadagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, moliyaviy bozorlarning barqarorligi, soliqqa oid siyosat, raqobatga oid tartibga solishlar hamda xalqaro huquqiy me’yorlar kabi tashqi kuchlarga ham sezilarli darajada bog‘liqdir. Maqolada ushbu omillarni tizimli ravishda o‘rganish orqali ularning M&A strategiyalariga qanday ta’sir ko‘rsatishi ochib beriladi. Shu bilan birga, iqtisodiy barqarorlik darajasi, valyuta siyosati, investitsiya muhiti va korporativ boshqaruvning huquqiy asoslari alohida e’tibor bilan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari M&A qarorlarini qabul qilishda tashqi muhitni inobatga olish muhimligini asoslab beradi hamda kompaniyalar uchun AQSH, Yevropa Ittifoqi kabi rivojlangan davlatlar misolida tahlil natijalari va real statistik ma’lumotlar asosida strategik tavsiyalarni taqdim etadi.
References
1. Brealey, R. A., Myers, S. C., & Allen, F. (2020). Principles of Corporate Finance (13th ed.). McGraw-Hill Education.
2. Bruner, R. F. (2002). Does M&A Pay? A Survey of Evidence for the Decision-Maker. Journal of Applied Finance, 12(1), 48-68.
3. Coffee, J. C. Jr. (1999). The Future as History: The Prospects for Global Convergence in Corporate Governance and Its Implications. Northwestern University Law Review, 93(3), 641–708.
4. Gaughan, P. A. (2011). Mergers, Acquisitions, and Corporate Restructurings (5th ed.). Wiley.
5. Harford, J. (2005). What Drives Merger Waves? Journal of Financial Economics, 77(3), 529-560.
6. Jovanovic, B., & Rousseau, P. L. (2008). Mergers as Reallocation. The Review of Economic Studies, 75(1), 121-146.
7. La Porta, R., Lopez-de-Silanes, F., Shleifer, A., & Vishny, R. W. (1998). Law and Finance. Journal of Political Economy, 106(6), 1113-1155.
8. La Porta, R., Lopez-de-Silanes, F., Shleifer, A., & Vishny, R. W. (2000). Investor Protection and Corporate Governance. Journal of Financial Economics, 58(1-2), 3-27.
9. Organisation for Economic Co-operation and Development (OECD). (2021). Mergers and Acquisitions: Trends and Policies. OECD Publishing.
10. PwC. (2022). M&A Industry Insights and Outlook. PwC Global.