ALEKSANDR BEKOVICH-CHERKASSKIY EKSPEDITSIYASINING BA’ZI TAFSILOTLARI. KASPIYGA IKKINCHI YURISH

Authors

  • Z.A.Ilhomov Nizomiy nomidagi TDPU professor Author

Keywords:

Rossiya imperiyasi, O‘rta Osiyo xonliklari, diplomatik munosabatlar, elchiliklar, ekspeditsiyalar, harbiy-siyosiy missiya, Kaspiy dengizi, Amudaryo, savdo yo‘llari, tashqi siyosat.

Abstract

Mazkur maqolada XVIII asr davomidagi diplomatik munosabatlar, xususan, Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyo xonliklari bilan olib borgan siyosiy va diplomatik munosabatlari va ularning harbiy-siyosiy jihatlari, diplomatik missiyalar haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, rus davlati hukumatining maxsus topshirig‘i bilan amalga oshirilgan knyaz Aleksandr Bekovich-Cherkasskiyning harbiy ekspeditsiyasi, uning boshlanishi va ba’zi tafsilotlari yoritib beriladi.

References

1. Maqolaning birinchi qismida Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy ekspedsiyasining tashkil etilishi, maqsadi va boshlanishi tafsilotlari yoritib berilgan. Qarang: Ilhomov Z.A., Shukurov R.J. Aleksandr Bekovich-CHerkasskiy ekspeditsiyasining ba’zi tafsilotlari: ekspeditsiyaning boshlanishi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari. 4-jild, 6- son (Iyun, 2024). 46-54-бб.

2. Aleksandr Bekovich-Cherkasskiyning suv orqali Kaspiy dengizi sharqiy qirg‘oqlariga ikkinchi sayohati borasida ma’lumotlar ikkinchi maqolada ko‘rsatib berilgan edi. Qarang: Ilhomov Z.A., Aleksandr Bekovich-CHerkasskiy ekspeditsiyasining ba’zi tafsilotlari. Kaspiyga yurish (ikkinchi maqola). O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali. №34. Noyabr, 2024 yil. 127-137-bb.

3. Бухгольц Иван Дмитриевич (1617-1741) — рус ҳарбийси ва давлат хизматчиси, Петр I сафдошларидан бири, генерал-майор, 1715-1716 йилларда Омск қалъасига асос солган.

4. Kapitan I.Buxgols ekspeditsiyasi 1715 yil oxirlarida qalmoqlar bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda mag‘lubiyatga uchrab, ekspeditsiyasini deyarli barbod qilgan va qo‘shimcha kuchlar so‘rab 1715 yil 26 dekabrda Pyotr I ga murojaat qilgan. Biroq bu vaqtda Kopengagenda bo‘lgan podshoning javob maktubi 1716 yil 7 avgustda keladi va unda knyaz Gagaringa Buxgols ish i bilan shug‘ullanish topshirilganligi ko‘rsatiladi. Biroq podsho ko‘rsatmasi amalga oshishiga qadar ekspeditsiya to‘la barbod bo‘ladi. Qarang: Попов А. Сношения России с Хивой и Бухарой при Петре Великом. С. Петербургъ, въ типографіи Императорской Академіи наукъ.1853. Стр.14 (22). Boshqa manbalarda ko‘rsatilishicha Polkovnik Ivan Buxgols Preobrajenskiy va Moskva polklarining ofitserlari va askarlari, shuningdek, Tobolsk va boshqa Sibir shaharlaridan shoshilinch ravishda yig‘ilgan rekrut qo‘shinlari va hunarmandlar bilan 1715 yil iyul oyida Tobolskdan chiqib, Irtish bo‘ylab janubga yo‘l oldi. Noyabr oyida ekspeditsiya Yamish ko‘liga yetib bordi va u yerda qal’a qurdi. Biroq, Jung‘arlar buni o‘z yerlariga tajovuz deb hisoblashdi va uni qamal ostiga olib, Buxgolsni 1716 yil 28 aprelda qal’ani tark etishga majbur qilishdi, uylar va kazarmalarni vayron qilib, qal’ani buzib tashladilar. Qarang Г.Ф.Миллер. История Сибири. — М.: Издательская фирма "Восточная литература" РАН, 2005.

5. Попов А. Сношения России с Хивой и Бухарой при Петре Великом. С. Петербургъ, въ типографіи Императорской Академіи наукъ.1853. Стр.15 (23).

6. Adabiyotda shu tarzda berilgan va bunda Hindistondagi Boburiylar davlati nazarda tutilmoqda.

7. To‘pqarag‘an qal’asi – Muqaddas Pyotr (Svyatoy Petr) nomi bilan ham atalgan.

8. Русский бросок на юг. https://culture-province.ru/rubriki/number-3-29/russkij-brosok-na-yug

9. Записка о поездках Александра Бековича князя Черкасского, к восточному берегу Каспийского моря и о сухопутной экспедиции его в Хиву // Москвитянин, № 12. 1842.

10. Терентьев М. Хивинские походы русской армии. Ред.-сост. В.А. Смолянинов. — М.: Вече, 2010. Стр.14-15.

11. 120 verst - taxminan 128 km ga teng

12. Кочнев А.В. Политика России в отношении Хивинского ханства в начале XVIII – второй половине XIX в. Дисс .... учен.степ.канд.наук. Екатеринбург – 2018. Стр.67.

13. Krasnovodsk

14. Хивинские экспедиции 1714–1717 гг. https:// runivers.ru

15. Elchilarning kimligi va ularga aynan qanday vazifalar berilganligi ko‘rsatilmagan

16. Поход Бековича-Черкасского. Архивные документы. https://ru-history.livejournal.com

Downloads

Published

2024-11-30