BURALISH REJIMIDA ISHLOVCHI MEXANIK UZATMALARNI MUSTAHKAMLIK VA CHIDAMLILIK SHARTLARI BO‘YICHA KOMPLEKS BAHOLASH
Keywords:
buralish deformatsiyasi, aylanuvchi val, burovchi moment, maksimal urinma kuchlanish, elastiklik nazariyasi, polyar inertsiya momenti, polyar qarshilik momenti, burilish burchagi, mexanik quvvat, val mustahkamligi, elastik deformatsiya, muhandislik hisobi, sanoat mexanizmlari, quvvat uzatish, valning samaradorligi, material tanlovi, geometrik parametrlar, Guk qonuni, ekspluatatsiya ishonchliligi, texnik xavfsizlik.Abstract
Mazkur maqolada mexanik tizimlarda keng qo‘llaniladigan aylanuvchi vallarning buralish deformatsiyasi, unga bog‘liq maksimal urinma kuchlanish va quvvat uzatish xususiyatlari tahlil qilinadi. Harakat uzatuvchi element sifatida valning ishonchliligi va samaradorligi mashinasozlik, energetika, transport hamda ishlab chiqarish sohalarining uzluksiz faoliyatida muhim o‘rin egallaydi.
Elastiklik nazariyasiga asoslangan holda valning polyar inertsiya momenti, polyar qarshilik momenti, burovchi moment, burilish burchagi va urinma kuchlanishlar o‘rtasidagi bog‘liqliklar matematik ifodalar orqali asoslab berilgan. Muallif tomonidan yechilgan amaliy masala misolida burilish burchagi va aylanish chastotasiga ko‘ra uzatiladigan moment va quvvat miqdori aniqlangan, maksimal urinma kuchlanish esa materialning ruxsat etilgan kuchlanishi bilan solishtirilgan.
Maqolada val konstruksiyasining geometriyasi, materiali va ish sharoitlariga mos holda mustahkamlik va chidamlilik shartlari baholangan hamda ushbu parametrlarning noto‘g‘ri tanlanishi mexanik nosozlik, vibratsiya va tizim ishdan chiqishiga olib kelishi mumkinligi ilmiy asoslangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, buralish deformatsiyasi nazariyasini amaliyotda qo‘llash orqali val tizimlarining ishonchliligi va ekspluatatsiya samaradorligini oshirish mumkin.
References
3. M.Mirsaidov, Sh.Xudaynazarov, E.Abdimo’minov, B.Ashirov “Materiallar qarshiligidan misol va masalalar”. I-qism TOSHKENT-” 2019, 268 bet
4. Usmanqulov A., Ismayilov K., va boshq. “Materiallar qarshiligidan misol va masalalar”. II-qism (5340200-“Bino va inshoot qurilishi”) Toshkent «Mashhur-Press», 322 bet