POLIKISTIK TUXUMDON SINDROMI: ETIOLOGIYASI, KLINIK KOʼRINISHLARIVA DAVOLASH PRINSIPLARI
Keywords:
Polikistik tuxumdon sindromi, etiologiya, klinik ko‘rinishlar, davolash prinsiplari, profilaktika, endokrin buzilishlar, ovulyatsiya, giperandrogenizm, metabolik sindrom, bepushtlik.Abstract
Polikistik tuxumdon sindromi (PCOS) – ayollarda uchraydigan eng keng tarqalgan endokrin va ginekologik kasalliklardan biri bo‘lib, reproduktiv yoshdagi ayollarning 5–10 foizida kuzatiladi. Kasallikning asosiy patogenetik mexanizmlari orasida gormonal muvozanatning buzilishi, insulin rezistentligi va irsiy moyillik alohida o‘rin tutadi. PCOS klinik belgilarining xilma-xilligi – hayz siklining buzilishi, giperandrogenizm, bepushtlik, semirish va metabolik sindrom bilan namoyon bo‘lishi – tashxis qo‘yishda qiyinchilik tug‘diradi. Diagnostika jarayonida ultratovush tekshiruvi, laborator gormon tahlillari va klinik mezonlar qo‘llaniladi. Davolashda turmush tarzini o‘zgartirish, insulin sezuvchanligini yaxshilovchi preparatlar, gormonal terapiya hamda zarur hollarda laparoskopik jarrohlik usullari samarali natija beradi. Ushbu maqolada PCOSning etiologiyasi, patogenez mexanizmlari, klinik ko‘rinishlari, diagnostik mezonlari va zamonaviy davolash yondashuvlari tahlil qilinib, reproduktiv salomatlikni saqlashda ushbu sindromning o‘rganilish dolzarbligi yoritiladi.
References
1. Деҳқонова З.Ш., Абдуллаева М.Р. Аёлларда эндокрин гинекология касалликлари.
2. Ҳамидова Г.Ш. Гинекология: дарслик.
3. Rotterdam ESHRE/ASRM-Sponsored PCOS Consensus Workshop Group. Revised 2003 consensus on diagnostic criteria and long-term health risks related to polycystic ovary syndrome. Fertility and Sterility.
4. Azziz R., Carmina E., Chen Z., et al. Polycystic ovary syndrome. Nature Reviews Disease Primers.
5. Goodman N. F., Cobin R. H., Futterweit W., Glueck J. S., Legro R. S., Carmina E. American Association of Clinical Endocrinologists medical guidelines for clinical practice for the diagnosis and treatment of hyperandrogenic disorders. Endocrine Practice..
6. Norman R. J., Dewailly D., Legro R. S., Hickey T. E. Polycystic ovary syndrome. The Lancet.
7. Teede H. J., Misso M. L., Costello M. F., Dokras A., Laven J., Moran L., et al. International evidence-based guideline for the assessment and management of polycystic ovary syndrome 2018. Human Reproduction
8. Юлдашева М.Х. Аёллар саломатлиги ва репродуктив тизим касалликлари. – Тошкент: Fan va texnologiya,.