TIL O‘RGANISH MOTIVATSIYASI TUSHUNCHASINING MOHIYATI VA PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI
Keywords:
til o‘rganish motivatsiyasi, psixologik asos, pedagogik yondashuv, o‘quvchi ehtiyoji, o‘qituvchi roli, interfaol metodlar, o‘zini rivojlantirish, ta’lim texnologiyalari, ijtimoiy muhit, ichki va tashqi motivatsiya.Abstract
Ushbu maqolada til o‘rganish motivatsiyasining psixologik va pedagogik asoslari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Motivatsiyaning til o‘rganish jarayonidagi o‘rni, shaxsning bilish ehtiyoji, o‘zini rivojlantirishga intilishi, ijtimoiy muhit va pedagogik yondashuvlar bilan bog‘liqligi keng yoritilgan. Tadqiqot jarayonida psixologik tahlil, nazariy taqqoslash, adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Maqolada A. Maslou, D. MakKlelland, E. Deci, R. Ryan hamda R. Gardnerning motivatsiya nazariyalari asosida til o‘rganish jarayonining samaradorligini oshirish omillari tahlil etilgan. Shuningdek, o‘qituvchining shaxsiy yondashuvi, interfaol metodlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quvchi motivatsiyasini shakllantirishdagi roli asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, til o‘rganish motivatsiyasi o‘quvchining ruhiy holati, ehtiyojlari, o‘qituvchi yondashuvi va ijtimoiy omillar uyg‘unlashuvi orqali shakllanadi hamda uning o‘quv faoliyatining samaradorligini belgilovchi muhim psixologik-pedagogik omil sifatida namoyon bo‘ladi.
References
1. Deci, Edward L., and Richard M. Ryan. Intrinsic Motivation and Self-Determination in Human Behavior. Springer, 1985.
2. Gardner, R. C. Social Psychology and Second Language Learning: The Role of Attitudes and Motivation. Edward Arnold, 1985.
3. Maslow, Abraham H. Motivation and Personality. Harper & Row, 1954.
4. Makklelland, David C. The Achieving Society. Princeton, 1961.
5. Yo‘ldoshev, X. Pedagogik psixologiya asoslari. Toshkent: O‘qituvchi, 2019.