ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA” ASARI O‘RTA OSIYO XALQLARI TARIXI VA GEOGRAFIYASINI O‘RGANISHDA MUHIM MANBA SIFATIDA
Keywords:
“Boburnoma”, Farg’ona, Vasiliy Bartold, Annette Beveridge, etnografik, geografik, memuar asar.Abstract
Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur tarixiy-memuar asari “Boburnoma”ning O‘rta Osiyo xalqlari tarixini va geografiyasini o‘rganishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Asarda Movarounnahr hududidagi siyosiy voqealar, shaharlar, tabiiy sharoit, aholining turmush tarzi hamda iqtisodiy hayot haqida berilgan muhim ma’lumotlar yoritib berilgan. Shuningdek, Boburning kuzatuvlari orqali Fargʻona vodiysi, Samarqand, Buxoro kabi hududlarning geografik xususiyatlari haqida ham qimmatli ma’lumotlar olish mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijasida “Boburnoma” asari O‘rta Osiyo tarixiy-geografik manbalarining eng muhimlaridan biri ekanligi asoslab beriladi.
References
1. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. – Toshkent: Sharq nashriyoti, 2002.
2. Azamat Ziyo. Oʻzbek davlatchiligi tarixi. – Toshkent: Sharq, 2000.
3. Vasiliy Bartold. Turkiston moʻgʻullar bosqini davrida. – Toshkent: Fan, 1993.
4. Begali Qosimov. Oʻzbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2004.