O‘ZBEKISTON VA JANUBIY KOREYA RESPUBLIKASI O‘RTASIDAGI MADANIYAT SOHASIDAGI HAMKORLIK ALOQALAR TARIXIGA OID MULOHAZALAR
Keywords:
madaniy diplomatiya, Koryoin, Sejong instituti, KOICA, Koreya madaniyat markazi, raqamli hamkorlik, turizm siyosati, yoshlar almashinuvi, xalq diplomatiyasiAbstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi madaniy aloqalarning shakllanish tarixi, institutsional asoslari va zamonaviy hamkorlik shakllari tahlil qilinadi. Tadqiqot Sejong instituti, KOICA, Koreya madaniyat markazi kabi muhim vositalarning o‘rni, Koryoin(Mahalliy Koreys) diasporasining hissasi va madaniy diplomatiyaning transformatsion modeli sifatida hamkorlikning strategik ahamiyatini yoritadi. Shuningdek, raqamli madaniyat, yoshlarga qaratilgan almashinuvlar va ta’lim orqali barqaror sheriklik istiqbollari o‘rganiladi. Madaniy aloqalarning kengayib borayotgan tarmoqlari, ular orqali yuzaga kelgan ijtimoiy tushunuv va diplomatik munosabatlarning murakkabligi maqolada chuqur tahlil qilingan.
References
1. Sung Dong Ki. 『O'zbekiston Respublikasi va Janubiy Koreya munosabatlari: iqtisodiy, madaniy aloqalarning yo'lga qo'yilishi va istiqbollari』. Tashkent. O’zbekiston fanlar akademiyasi tarix instituti.2000. – P.80–104.
2. Abdushukurov Olimjon. 『우즈베키스탄의 문화의 역사적인 발전과 독립 후 한국과 문화교류현황 연구』. 중부대학교대학원. 2018. – B. 45–72.
3. Kim N.D. Koreya-O‘zbekiston madaniy diplomatiyasining rivojlanish yo‘llari. Seul: Koreya Tashqi siyosat instituti, 2020. – B. 28–35.
4. 한국국제문화교류진흥원(KOFICE). 2022 한류백서 – 디지털 기반 한류와 국제협력의 진화. 서울, 2023. – P. 54–67.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2022-yil 28-yanvar, PF–60.