KO`P TILLILIK MUHITIDA BOLALAR TIL O`RGANISHINING PSIXOLOGIK JIHATLARI
Keywords:
multilingualism, kognitiv, bola psixologiyasi, didaktika, uslub, yondashuv.Abstract
Bugungi globallashgan jamiyatda ko`p tillilik tobora keng tarqalib bormoqda. Multilingualizm (ko`p tillilik) nafaqat ta`lim sohasida, balki kundalik hayotda ham muhim o`rin egallab ulgurdi. Shunday sharoitda yeti yoshdan tortib 70 yoshgacha barcha chet tillarini o`rganishmoqda va bu ayni damda zamon talabidir. Ayniqsa, hozirda chet tillarini o`rganish kichik maktab yoshidagi bolalar o`rtasida ham ortib bormoqda. Ushbu maqolada ko`p tillilik va uning e`tiborli jihatlari hamda ushbu muhitda ulg`ayayotgan bolalarning til o`rganish jarayoniga psixologik hamda pedagogik jihatda baho beriladi. Til o`rganish jarayoni nafaqat lingvistik, aqliy balki o`z navbatida psixologik jarayon ham hisoblanadi. Xorijiy tillarni o`rganish bolaga shaxsini anglash, ijtimoiy moslashuv, dunyoqarash hamda emotsional barqarorligiga ham bevosita ta`sir o`tkazmasdan qolmaydi. Maqolada muallif, avvalo, bolalarda ko`p tillilikning ijobiy jihatlar, kreativ hamda ijobiy firlash, kognitiv rivojlanish, muammolarga har tomonlama yondashish hamda ularni hal qilish kabi afzalliklarini muhokama qiladi. Shuningdek, maqolada ushbu mavzu doirasida o`rganilgan tadqiqotlar hamda ularning tahlili, kuzatishlar, natijalar muhokama qilinadi.
References
1. Baker, C. (2011). Foundations of Bilingual Education and Bilingualism (5th ed.). Multilingual Matters.
2. Chomsky, N. (1965). Aspects of the Theory of Syntax. MIT Press.
3. Bialystok, E., Craik, F. I. M., & Freedman, M. (2007). "Bilingualism as a protection against the onset of symptoms of dementia." Neuropsychologia, 45(2), 459–464
4. Yip, V., & Matthews, S. (2007). The Bilingual Child: Early Development and Language Contact. Cambridge University Press.