TALABALARDA KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISH YО‘NALISHLARI
Keywords:
kreativlik, ijodkorlik, divergent fikrlash, tanqidiy tafakkur, ta’lim psixologiyasi, pedagogik yondashuvlar, zamonaviy ta’lim, innovatsion texnologiyalar, kompetensiyaga asoslangan yondashuv, O‘zbekiston ta’limi.Abstract
Ushbu maqolada talabalarda kreativlik (ijodkorlik)ni shakllantirishning psixologik va pedagogik asoslari chuqur tahlil qilinadi. Kreativlik insonning yangi va original g‘oyalarni ilgari surish, muammolarga noodatiy yondashish va innovatsion yechimlar topish qobiliyati sifatida qaraladi. Psixologik yondashuvlarda J. Guilford, E. Torrance va H. Gardner nazariyalariga asoslangan holda tafakkur, intuitsiya va divergent fikrlashning o‘rni ochib berilgan. Pedagogik nuqtai nazardan esa, kreativlik ta’limning tarkibiy elementi sifatida talabalarda mustaqil qaror qabul qilish, ijodiy muammolarni hal etish va intellektual o‘sishni qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida ko‘riladi. Maqolada zamonaviy texnologiyalar, ko‘p disiplinar yondashuv, tanqidiy fikrlash, refleksiya, hamkorlikda o‘qitish va kreativ muhit yaratish kabi amaliy usullar orqali kreativlikni rivojlantirish yo‘llari tavsiflanadi. Xorijiy tajribalar misolida ta’lim tizimida kreativlikni oshirishga qaratilgan taklif va chora-tadbirlar ham yoritilgan. Muallif fikricha, O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun bu yondashuvlar dolzarb bo‘lib, raqamli transformatsiya jarayonida kreativ kompetensiyani shakllantirish ustuvor yo‘nalishlardan biridir.
References
1.Torrance, E. Paul. Creativity: A Continuing Research. Journal of Creative Behavior, 1988. – Vol. 22. – P. 1–14.
2.Gardner, Howard. Frames of Mind: The Theory of Multiple Intelligences. New York: Basic Books, 1983. – 440 p.
3.Robinson, Ken. Out of Our Minds: Learning to Be Creative. Wiley, 2011. – 304 p.
4.Runco, M. A., & Acar, S. Divergent Thinking as an Indicator of Creative Potential. Creativity Research Journal, 2012. – Vol. 24(1). – P. 66–75.
5.Anderson, L. W., & Krathwohl, D. R. (Eds.). A Taxonomy for Learning, Teaching, and Assessing: A Revision of Bloom’s Taxonomy of Educational Objectives. New York: Longman, 2001. – P. 102–112.