YANGI O’ZBEKISTONDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI
Keywords:
Yangi O‘zbekiston, davlat xizmatlari, Davlat xizmatlari markazi, tashkiliy-huquqiy asoslar, raqamlashtirish, davlat boshqaruvi, huquqiy islohotlar, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish, shaffoflik, korrupsiyaga qarshi kurash.Abstract
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, xususan Davlat xizmatlari markazlarining tashkiliy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Muallif zamonaviy davlat boshqaruvi konsepsiyasi doirasida markazlarning huquqiy maqomi, ularning funksiyalari, vakolatlari hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ochiqligi va shaffofligini ta'minlashga qaratilgan islohotlarni yoritadi. Shuningdek, maqolada Prezident farmonlari va qonunchilik hujjatlariga tayanilgan holda markazlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalari davlat xizmatlarini raqamlashtirish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda aholi uchun qulay va tezkor xizmatlar yaratish borasidagi dolzarb masalalarni yoritishga xizmat qiladi.