SIFAT MENEJMENTI TIZIMI VA UNI SERTIFIKATLASHTIRISH
Keywords:
Sifat menejmenti, Tizimli yondashuv, ISO 9001:2015,Jarayonlarga asoslangan ,boshqaruv, Sifat tizimi , Tashkilot samaradorligi, Sifat nazorati, Raqobatbardoshlik, Uzluksiz takomillashtirish, Menejment tamoyillari, Xatarlarni boshqarish, Sifat ko‘rsatkichlari, Korporativ madaniyat, Mijoz ehtiyojlari, Raqamli transformatsiya,Abstract
Ushbu ilmiy ishda zamonaviy boshqaruv tizimlarida sifat menejmentining o‘rni va uni rivojlantirishda tizimli yondashuvning asosiy tamoyillari chuqur tahlil qilingan. Tizimli yondashuv — bu tashkilot faoliyatining barcha darajalarida sifatni boshqarish jarayonlarini uzviy bog‘langan holda amalga oshirishni anglatadi. Tadqiqotda sifat menejmenti tizimining tarkibiy qismlari, ularning o‘zaro aloqasi, resurslardan oqilona foydalanish, xatarlarni boshqarish, manfaatdor tomonlar bilan samarali muloqot yuritish, ichki va tashqi monitoring tizimlarini joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganilgan.
Shuningdek, ishda ISO 9001:2015 xalqaro standarti asosida sifat menejmenti tizimining joriy etilishi, uning tashkilotning raqobatbardoshligini oshirishdagi roli yoritilgan. Sifatni boshqarishda jarayonlarga asoslangan yondashuv, uzluksiz takomillashtirish, rahbariyatning yetakchiligi, xodimlarning jalb qilinishi kabi prinsiplar tizimli yondashuv doirasida alohida o‘rganilgan.
Tadqiqot davomida mahalliy va xorijiy kompaniyalar misolida sifat menejmenti tizimining samaradorligi tahlil qilinib, real hayotdagi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, raqamli texnologiyalarni joriy qilish, sifat ko‘rsatkichlarini avtomatlashtirilgan tarzda kuzatib borish, hamda korporativ madaniyatda sifatga oid qadriyatlarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur ish natijalari tashkilotlarda sifat menejmentini tizimli asosda rivojlantirish orqali raqobatbardoshlikni ta’minlash va barqaror rivojlanish strategiyasini shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega.
References
1. P.R.Ismatullayev B.M.Axmedov,P.M.Matyokubova,G’.X.Xamroqulov
“SIFAT MENEJEMENTI TIZIMI VA UNI SERTIFIKATLASHTRISH”
2. A.A.Mamajonov D.V.Xakimov B.R.Xamdmov “Sertifikatlashtrish asoslari va sifat menejementi”
3. M.M.Toshpo’latov Q.A.SHaripov “Mahsulot sifatini boshqarishda sifat falsafasi”