DORIVOR ROZMARINNING (ROSMARINUS OFFICINALIS) URUG‘ UNUVCHANILIGI VA DORIVORLIGI
Keywords:
Dorivor rozmarin (Rosmarinus officinalis), urug‘ unuvchanligi, laboratoriya sharoiti, xona harorati, agrobiologik xususiyatlar, dorivor o‘simliklar, efir moylari, biologik faol moddalar, ekologik omillar.Abstract
Ushbu maqolada dorivor rozmarin (Rosmarinus officinalis) o‘simligining urug‘ unuvchanligi hamda uning dorivor xususiyatlari laboratoriya va xona sharoitida chuqur o‘rganildi. Tadqiqot davomida urug‘larning unib chiqish jarayoni turli ekologik sharoitlarda kuzatildi va natijalar solishtirildi.Olingan natijalarga ko‘ra, laboratoriya sharoitida rozmarin urug‘larining unuvchanligi 65% ni tashkil etdi, bu esa nazorat qilinadigan harorat, namlik va yorug‘lik sharoitlarining urug‘ rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini bildiradi. Xona haroratida esa unuvchanlik o‘rtacha 40% ni tashkil etib, tabiiy sharoitdagi o‘zgaruvchan omillar urug‘larning rivojlanish jarayoniga salbiyroq ta’sir etishini ko‘rsatdi.
Shuningdek,maqolada rozmarinning dorivorlik xususiyatlari ham tahlil qilindi. Uning tarkibida mavjud efir moylari, antioksidantlar va biologik faol moddalarning inson organizmi uchun foydali ekanligi, ya’ni yallig‘lanishga qarshi, antiseptik hamda tonusni oshiruvchi ta’sirga ega ekani ta’kidlandi.
References
1.B. Ekpong Effects of seed maturity, seed storage and pre-germination treatments on seed germination of cleome (Cleome gynandra L.)Sci. Horticul.(2009)
2.Z. Huang et al. Influence of light, temperature, salinity and storage on seed germination of Haloxylon ammodendron J. Arid Environ.(2003)
3.C.C. Baskin et al.Seeds: Ecology, Biogeography, And, Evolution of Dormancy and Germination (2014)
4.Baskin, C.C., Baskin, J.M., Guerrant, E.O., Havens, K., Maunder, M., 2004. Determining dormancy-breaking and...
5.Journal of Applied Research on Medicinal and Aromatic Plants (2024). Seed germination and pre-sowing treatments of Salvia rosmarinus.
6.BMC Plant Biology (2025). Genetic and physiological studies on Rosmarinus officinalis.