IZOTERAPIYA – UZOQ MUDDAT DAVOLANAYOTGAN O‘QUVCHILAR UCHUN RUHIY NAJOT VOSITASI
Keywords:
Izoterapiya, art-terapiya, psixo-emotsional holat, davolanish, bolalar psixologiyasi, stressni yengish, ijodiy ifoda, hissiy barqarorlikAbstract
“Izoterapiya – uzoq muddat davolanayotgan o‘quvchilar uchun ruhiy najot vositasi” nomli ushbu ilmiy maqola, uzoq muddat davolanishga muhtoj boʻlgan oʻquvchilarning ruhiy va hissiy holatlarini yaxshilashda izoterapiya (tasviriy san’at terapiyasi)ning ahamiyatini oʻrganishga bagʻishlangan. Maqolada kasalxonada uzoq vaqt davolanayotgan bolalarda kuzatiladigan stress, xavotir, ijtimoiylashuv muammolari va hissiy barqarorsizlik kabi psixo-emotsional holatlar chuqur tahlil qilinadi. Izoterapiya ularning ichki kechinmalarini vizual shaklda ifodalashga, qoʻrquvlarini yengishga va oʻziga boʻlgan ishonchni oshirishga qanday yordam berishi, shuningdek, ijodiy jarayon orqali oʻz his-tuygʻularini boshqarish koʻnikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ilmiy va amaliy misollar bilan yoritiladi. Maqolada J. Malchiodi va C. A. Case kabi taniqli olimlarning ilmiy ishlari, shu jumladan izoterapiya bemorlar uchun “oʻzlikni anglash va hissiy tiklanish vositasi” ekanligi haqidagi gʻoyalari asos qilib olinadi. Maqola, davolash muassasalarida art-terapiya dasturlarini joriy etish zaruriyatini ilmiy asoslab beradi va oʻqituvchilar, psixologlar, ota-onalar hamda tibbiyot xodimlari uchun amaliy tavsiyalar beradi.
References
1. Edwards, D. (2004). Art Therapy. SAGE Publications.
2. Hogan, S. (2001). Healing Arts: The History of Art Therapy. Jessica Kingsley Publishers.
3. Liebmann, M. (2004). Art Therapy for Groups: A Handbook of Themes, Games and Exercises. Routledge.
4. Malchiodi, C. A. (2007). Art Therapy Sourcebook. McGraw-Hill Professional.
5. Rubin, J. A. (2005). Artful Therapy. Routledge.
6. Case, C. A. (2012). Integrative Art Therapy: A Comprehensive Guide for Professionals. The Guilford Press.