SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA JAMOAT TRANSPORTIDA YO‘LOVCHILAR OQIMINI BASHORAT QILISH VA SMART BEKATLAR TIZIMI
Abstract
Hozirgi kunda dunyo miqyosida shahar transporti tizimini samarali boshqarish muhim masalalardan biridir. Yirik shaharlarning muammolaridan biri — bu yo‘lovchilar gavjumligi, avtobus va boshqa transport vositalarining to‘lib ketishi hamda bekatlarda yo‘lovchilarning uzoq vaqt kutib qolishidir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, tirbandlik tufayli fuqarolarning kunlik vaqti o‘rtacha 20–40 daqiqagacha bekatlarda yoki yo‘lda behuda sarflanadi. Bu esa nafaqat vaqt, balki inson resurslari, iqtisodiy samaradorlik va ekologiyaga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.