METROPOLITEN TRANSPORTINING RIVOJLANISH DARAJASINI BAHOLASH

Authors

  • Norkulov Suxrob Turakulovich “Toshkent Metropoliteni” DUK boshlig‘ining ilmiy-innovatsion rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Toshkent davlat transport universiteti prorektori E-mail: sni.kor@bk.ru 97-407-36-36 Author

Keywords:

Toshkent metropoliteni, mahalliylashtirishni moliyalashtirish, barqaror iqtisodiy o'sish, transport infratuzilmasi, metro vagonlarini modernizatsiya qilish, harakat xavfsizligi, infratuzilma rivojlanishi, jamoat transporti, shahar transporti, mahalliy ishlab chiqarish, vagonlar modernizatsiyasi, yoʻlovchilar oqimi, elektr harakat tarkibi

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada Toshkent metropolitenining rivojlanish darajasi va temir yo‘l transportida mahalliylashtirishni moliyalashtirish strategiyasining o‘rni tahlil qilinadi. Maqola, O‘zbekiston Respublikasining barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish va aholining hayot darajasini yaxshilashga qaratilgan islohotlar doirasida Toshkent metropolitenining transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va mahalliylashtirishni moliyalashtirish jarayonlarini o‘rganadi. Tadqiqotda, ayniqsa, 2016-2024 yillar davomida Toshkent metropoliteni tomonidan amalga oshirilgan loyihalar, metro vagonlarini modernizatsiya qilish va yangi yo‘nalishlar qurish kabi tadbirlar va ularning mahalliylashtirish orqali moliyalashtirilgan jihatlari ko‘rib chiqiladi Maqolada Toshkent metropolitenining poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash, modernizatsiya qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini oshirish kabi iqtisodiy maqsadlar bilan birga, xalqaro moliya institutlari va davlat byudjeti hisobidan amalga oshirilgan moliyaviy resurslarni samarali boshqarish masalalari ham tahlil qilingan. Shuningdek, Toshkent shahridagi yangi yo‘nalishlar, bekatlar qurilishi va ekologik toza transport tizimlarini rivojlantirish borasidagi amalga oshirilgan dasturlar va ularning shahar infratuzilmasining rivojlanishiga ta’siri hamda metropolitenni raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish yo‘llari yoritilgan.

References

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev. "Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yoʻlida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz...", maʼruza. www.president.uz, 2023 yil.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 11-fevraldagi PQ-2298-sonli qarori “2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-fevraldagi qarori “Toshkent metropoliteni” DUK poezdlarining harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, moddiy-texnik bazani mustahkamlash”.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-noyabrdagi PQ-2653-sonli qarori, “Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasi ikkinchi bosqichini qurish”.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi

PQ-98-sonli qarori “2022-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PQ-313-sonli qarori “Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyasining qurilishi loyihasini amalga oshirish”.

7. Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish bo'yicha maʼlumotlar va tahlillar. Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasi, 2023 yil.

8. T.M. Karimov, "Metropoliten transportining rivojlanishi va mahalliylashtirish strategiyalari: Toshkent metropoliteni misolida", Transport iqtisodiyoti va rivojlanish, 2022.

Downloads

Published

2024-11-01